Sardor Rahimxon - Ishonmasman qo`shiq matni

Yana bir sen kabi janon
Borligiga ishonmasman,
So`zingdek so`zlari dono
Borligiga ishonmasman. (x2)

Sochingdan tarqalur anbar
Desam kamlik qilur, dilbar, (x2)
Bo`yingdek bo`ylari zebo
Borligiga ishonmasman. (x2)

Jim qolar to`zg`igan shamol
Agar sen tabassum qilsang, (x2)
Seningdek bulbuli go`yo
Borligiga ishonmasman. (x2)

Seningdek bulbuli go`yo
Borligiga ishonmasman.

Adoying ko`p, fidoying ko`p,
Shaydoying ko`pdir dunyoda,
Senga mendek biror shaydo
Borligiga ishonmasman. (x2)

Yana bir sen kabi janon
Borligiga ishonmasman.
Borligiga ishonmasman-ey,
Borligiga ishonmasman.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]