Sardor Rahimxon - Malikam endi qara qo`shiq matni
Malikam endi qara,
Eslatar seni qushlar.
Malikam endi qara,
Qaytarmas seni tushlar.
Kunlar soni yo`qday,
Jonim yonar cho`g`day,
Javob ber, ey dunyo,
Savol dilda o`qday.
Qayga ketding yorim?
Nurday beg`uborim.
Seni olib ketdi,
Yosumanmi zolim?
Malikam endi qara,
Eslatar seni qushlar.
Malikam endi qara,
Qaytarmas seni tushlar.
Malikam endi qara,
Izingda yonar cho`g`man.
Malikam endi qara,
Qaytmasang men ham yo`qman.
Ko`zingdagi osmon
Jonga edi darmon,
Yulduzlarga boqib,
Yashar edik pinhon.
Osmon nurab go`yo,
Baxt ham bo`ldi ro`yo.
Yuragingga o`xshab, hey,
Vaqt ham qoldi to`xtab.
Malikam endi qara,
Eslatar seni qushlar.
Malikam endi qara,
Qaytarmas seni tushlar.
Malikam endi qara,
Izingda yonar cho`g`man.
Malikam endi qara,
Qaytmasang men ham yo`qman.
Malikam endi qara,
Bo`lmasang men ham yo`qman.