Sardor Rahimxon - Mohitabonim qo`shiq matni

Samimiy holimga nazar sol, ey do`st,
Maning yo`qdur sanga yomonim,
Atirgul bag`rida tanim qon bo`ldi,
Bu jonga zolim bo`ldi janonim.

Mohitabonim, yorim, guljamolim
Buncha ozorli?
Nolalarim yetdi osmonga.
Oy to`lin osmonda
Parcha-parcha yulduzlar,
Tanho rabbim soldi dilimga mo`jiza.

Ey gulim ozdirma
Meni aqlu-hushimdan,
Yiroq ketma senla juftman, butunman.

Gulim diydoringdan
Nasib aylab kel,
Unut bo`lsun dardu-armonim,
Visoling zavqida nigorim kuylay,
Diling olsun sevgi oromim.

Mohitabonim, yorim, guljamolim
Buncha ozorli?
Nolalarim yetdi osmonga.
Oy to`lin osmonda
Parcha-parcha yulduzlar,
Tanho rabbim soldi dilimga mo`jiza.

Ey gulim ozdirma
Meni aqlu-hushimdan,
Yiroq ketma senla juftman, butunman.

Mohitabonim, yorim, guljamolim
Buncha ozorli?
Nolalarim yetdi osmonga.
Oy to`lin osmonda
Parcha-parcha yulduzlar,
Tanho rabbim soldi dilimga mo`jiza.

Ey gulim ozdirma
Meni aqlu-hushimdan,
Yiroq ketma senla juftman, butunman.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]