Sardor Rahimxon - Otajonimsiz qo`shiq matni

Hayotim qo`rg`oni otajonimsiz,
Oilam sultoni, tanda jonimsiz, (x2)
Omonat dunyoda yolg`iz panohim,
G`ururim o`zingiz, ham vijdonimsiz. (x2)

Ko`zlarimning nuri otajonimsiz,
Qalbimning huzuri otajonimsiz,
Qalbimning huzuri otajonimsiz.

Xonadon fayzlidir siz bilan har dam,
Bizning baxtimizga sog` bo`ling, bardam. (x2)
Yaxshiyu-yomonni tanitganimsiz,
Dovyurak qalqonim, eng aziz odam.

Ko`zlarimning nuri otajonimsiz,
Qalbimning huzuri otajonimsiz,
Qalbimning huzuri otajonimsiz.

Siz mening faxrimsiz, qahramonimsiz,
Sinovda yengilmas pahlavonimsiz, (x2)
Yosh boladay meni erkalab hamon,
Boshimni silagan otajonimsiz.

Ko`zlarimning nuri otajonimsiz,
Qalbimning huzuri otajonimsiz,
Qalbimning huzuri otajonimsiz. (x2)

Qalbimning huzuri otajonimsiz…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]