Sardor Rahimxon - Sog’indi yuragim qo`shiq matni

Agar sen kelmasang,
Yuzimdan ayriladi kulgu,
Maqsadim yo`qotaman,
Bu dunyo sevgimsiz qorong`u.

Sen yurgan bog`lar
Kuzda ham gullar,
Ovozing tinglasam,
Yashagim kelar.
Sevgilim meni,
Sog`indim seni,
Yo`q dema, kelaqol
Shu bugun.

Sog`indi yuragim,
O, bugun seni
Ko`rmasam bo`lmas,
Ko`ngil yarim, to`lmas –
U senla butun.
Bu uzun kechalar
Yo`llarimda oy nuri ko`rinmas,
Kelmaydi xuzur,
Dil senla butun.

Agar sen bo`lmasang,
Kuylarim nolalari mahzun,
Ko`zlaring ko`rmasam,
Yuragimni yoritmaydi nur.

Sen yurgan bog`lar
Kuzda ham gullar,
Ovozing tinglasam,
Yashagim kelar.
Sevgilim meni,
Sog`indim seni,
Yo`q dema, kelaqol
Shu bugun.

Sog`indi yuragim,
O, bugun seni
Ko`rmasam bo`lmas,
Ko`ngil yarim, to`lmas –
U senla butun.
Bu uzun kechalar
Yo`llarimda oy nuri ko`rinmas,
Kelmaydi xuzur,
Dil senla butun.

Bas yetar, charchadim bo`ldi,
Ovoralarim yetar,
Yetar ovoralarim. (x4)

Sog`indi yuragim,
O, bugun seni
Ko`rmasam bo`lmas,
Ko`ngil yarim, to`lmas –
U senla butun.
Bu uzun kechalar
Yo`llarimda oy nuri ko`rinmas,
Kelmaydi xuzur,
Dil senla butun.

(Sog`indimku, seni sog`indimku…)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]