Sardor Rahimxon - Tanhoginam qo`shiq matni

Kulib qo`ysang nogoh nurga to`lar olam,
Hayotimga hamroh, sen bitta yagonam.
Buncha chiroylisan, lolu xayronaman,
Ko`p qaramang deysan boqsam pinhona man.

Tanhoginam tanho – yolg`izim yorimsan,
Ziynatim bebaho ham betakrorimsan.
Tanhoginam tanho – senla baxtim ayon,
Sening kulgularing sog`inaman har on.

Kulib qo`ysang nogoh dardlarim tark etar,
Yuragimdagi dog`, qayg`ularim ketar.
Bu yuragim titrar yoningdan men o`tsam,
Qaniydi vaslingni bag`rida men cho`ksam.

Tanhoginam tanho – yolg`izim yorimsan,
Ziynatim bebaho ham betakrorimsan.
Tanhoginam tanho – senla baxtim ayon,
Sening kulgularing sog`inaman har on.

Toma-toma gul bo`lib ko`zlaringdan tomchilar,
Dona-dona nur bo`lib yuzlaringdan sochilar…

Tanhoginam tanho – yolg`izim yorimsan,
Ziynatim bebaho ham betakrorimsan.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]