Sarvar va Komil - Bedoringman qo`shiq matni

Tunu kun bo`ldim man behol,
Visoling dardida bemor.
Kun beqaror, tunim bedor,
Vaslingga zor.

Uchratgandan seni xayolimda takrorsan,
Asir aylab yuragimda shirin ozorsan.
Shirin ozorimsan, qalbimda borimsan,
Yuragimdasan.

Sensiz aslo hayotimda mazmun ko`rinmas,
Hayotimda yana quvonch sira sezilmas.
Dono so`zlaringdan, qaro ko`zlaringdan
Meni ayirma.

Hasratlar ortidan betinim qaytar sog`inchlar,
Yuragimda o`chirib bo`lmas sevgim to`la olovlar.
Sensiz yo`q ammo, yo`q ammo, yo`q ammo
Shirin xayollar.

Bedoringman, bedoringman,
Tunlari tinmay, tinmay yor.
Shirin sevgingga aylayabsan
Yoki ataylab intizor.

Bedoringman, bedoringman,
Yolg`iz seni qo`msar yurak.
Nega yana xayollarim
Yolg`iz seni izlar yana?

Qo`lim cho`zsam yuragingga aslo yetolmas,
Shirin kulishlaring xayollarimdan ketmas.
Sensiz hayotim ham, sensizlikka hech ham
Yurak ko`nolmas.

Xayol ichra qolgan afsuningman, bemorman,
Hasrat ila yongan yolg`iz tunlar bedoringman.
Qaro ko`zingga xumorman,
Vaslingga zorman.

Bedor etma yor,
Sen bedor etma zor,
Tunlari tinmay, tinmay yor.
Shirin sevgingga aylayabsanmi
Yoki ataylab intizor?

Bedoringman, bedoringman,
Tunlari tinmay, tinmay yor.
Shirin sevgingga aylayabsan
Yoki ataylab intizor.

Bedoringman, bedoringman,
Yolg`iz seni qo`msar yurak.
Nega yana xayollarim
Yolg`iz seni izlar yana?

Bedor etma yor,
Sen bedor etma zor,
Tunlari tinmay, tinmay yor.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]