Sarvar va Komil - Erkalay qo`shiq matni

Erkalay, men seni erkalay,
Sochlaringni silab mani jonim.
Erkalay, har kuni erkalay,
Yolg`iz erkatoyim o`zing yorim.

Sochlaringni erkalar mayin shamol,
Yuzlaringni siypalar tunlari oy,
Yulduzlar jilovlanib ohu ko`zingda
Tabassumingdan tovlanar ochib chiroy.

Yolg`izim hech kim senday bo`la olmas,
Shirin kulishlaringga to`yib bo`lmas,
Yonimda har doimo sen bo`lsang bas,
Hech narsa kerakmas, sen bo`lsang bas.

Erkalay, men seni erkalay,
Sochlaringni silab mani jonim.
Erkalay, har kuni erkalay,
Yolg`iz erkatoyim o`zing yorim.

Nigohlarim to`qnashsa senga bir dam,
Yuragimga sig`mayman go`yo shu dam.
Atrofimni sezmasdan mahliyo bo`lib
Qaniydi tezroq borib quchoqlab olsam.

Erkatoyim mani, mani hayotim,
Tinglagin senga bitgan dildagi bayotim,
Tabassumingda yashar bepoyon bu dunyo,
Atrofda butun ro`yo bir senga mahliyo.

Yagona keragim, yolg`izim yuragim,
Doim yonimda bo`lsang – yagona tilagim,
Bu dunyoga sig`mayman bir zumga ko`rmasam,
Nafasing sezmasam, yoningda bo`lmasam.

Erkalay, men seni erkalay,
Sochlaringni silab mani jonim.
Erkalay, har kuni erkalay,
Yolg`iz erkatoyim o`zing yorim. (x2)

Jonim seni erkalay…
Seni erkalay…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]