Sarvar va Komil - Nega qo`shiq matni

Ko’zlarim to’ymasdi senga,
Hayolim tinmasdan menga
Nigohing eslatar nega,
Aytgin go’zalim?

Sevgilimsan mening yorim,
Yashirin shirin ozorim,
Sensiz yasholmayman nega?

Hayotim bulutli osmon,
Umidlar qilingan yakson,
Nega sevgim bo’ldi xazon,
Aytgin go’zalim?

Tinmasdan sevgi izxori,
O’zim ham bilmayman nega,
Yuragim ko’nmaydi menga.

Nega qiynaysan meni jonim?
Yonmasdan kuyib bo’ldim,
Qaytmaysan intizorim, nega?
Nega ko’zlaring sevmas,
So’zlaringda men emas?
Nega mening sevishim
Faqat unga kerakmas?

Tinmasdan oqar ko’z yoshim,
Sensizlikka afsus ko’ndim,
Javobsiz sevgi asiri
Yolg’iz o’zim bo’ldim.

Nega ko’zlaring sevmaydi,
Nega yuraging sezmaydi?
Oxiri yo’q bu savollar.

Atrofimda kezar jimlik,
Go’yo vaqt to’xtab qolgandek,
Sensiz iborat bu dunyo
Go’yo menga dushmandek.

Nega orzu mendan yiroq,
Dardlar menga yaqinroq?
Ayovsiz sog’inchlar nega, a?

Nega qiynaysan meni jonim?
Yonmasdan kuyib bo’ldim,
Qaytmaysan intizorim, nega?
Nega ko’zlaring sevmas,
So’zlaringda men emas?
Nega mening sevishim
Faqat unga kerakmas? (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]