Sarvar va Komil - Notanish qiz qo`shiq matni

Hech kim uni tanimas,
Hech kim uni bilmas, a-a.
Surishtirdim, so`radim,
Hamma joydan izladim, a-a.

Umidvor bu
Yuragimda sevgi bor.
Qayerda u maftunkor?
Nigohlari beg`ubor.
(Seni sevaman.)

Yor, notanishsan menga yor,
Yo`llaringga intizor
Bo`laman men endi, yor.

Yuzlari beg`ubor,
Ko`zlari betakror,
Kulishi biram yoqimtoy.

Uni ko`rib men bir bora,
Aqlu hushimdan begona,
Notanish qizdan men zora,
Bir zumda yo`qotdim.

Toshkentdan qidirib,
Eski shahar tomondan
Uni topishga qaror qildim.

Darxonga men bordim, (u yo`q)
Chorsudan qidirdim, (u yo`q)
Chilonzordan topolmadim.

O`tdan-a, bo`tdan-a, sho`tdan-a,
Yana qidiray men sani qatdan-a?
Yana ko`zlarim izlab ovora seni.

O`tdan-a, bo`tdan-a, qatdan-a,
Yana topolmadim seni sho`tdan-a,
Yuragim ko`na olmas-a bunga nega?

Hech kim uni tanimas,
Hech kim uni bilmas, a-a.
Surishtirdim, so`radim,
Hamma joydan izladim, a-a.

Hattoki ismin bilmas,
Sira aqlga sig`mas, a-a.
Yana kimlardan so`ray?
Yana qaydan qidiray, a-a?
Notanish qiz…

Uzoq bu manzillar,
Bepoyon bu yo`llar,
Shoshilib orzuim tomon.

Yana ko`rsaydim bir bora,
Sog`inib yana men takrora,
Bo`lib ortingdan ovora
Faqat seni izlayman.

Toshkentdan men chiqdim
Samarqand yo`liga,
Uni izlab ovora bo`ldim.

Buxoroga bordim, (u yo`q)
Xivadan qidirdim, (u yo`q)
Vodiy tomonga yo`l oldim.

Hech kim uni tanimas,
Hech kim uni bilmas, a-a.
Hattoki ismin bilmas,
Sira aqlga sig`mas, a-a.

Iroda va Dildora,
Shahnoza va Dilnoza,
Balki ismi Kamola,
Umuman bilmayman.

Gulnoza va Sabina,
Zilola va Madina,
Yoki ismi Zarina,
Aslo topolmayman.

Bor, meni unda ko`nglim bor,
Asalimga so`zim bor,
Yana aytaman men takror:
(Seni sevaman.)

Yora, tinglayotgan bo`lsang zora,
Aytaman men yana bir bora,
Yana aytaman men takrora:
(Seni sevaman) Notanish qiz!

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]