Sarvar va Komil - Qaniydi seni qo`shiq matni

Juda chiroylisan, juda ham go`zalsan,
Bunga gumon yo`q sira,
Butun chiroyingga butkul ishongansan,
Atrofdan bir o`zingga qara.

Qara senga tuyg`u bo`lib qolgan kulgu,
Asling chiroyingga berkingan,
Qara muhabbatin senga izhor etsa,
Sen emasmi bundan jirkangan?

Gohi rad etasan, gohida umid berib,
Sevgi bilan o`ynaysan,
Senga ko`ngil qo`ygan necha yuraklarning
Dardi bilan hech qiziqmaysan.

Qaniydi seni ko`rmaganimda,
Ismingni hatto bilmaganimda,
Qaniydi bir tun o`ylamay yotsam,
Unutsam seni uyg`onganimda.

Oh, qaniydi seni sevmaganimda,
Husning ortida o`zga bo`lganida,
Qaniydi seni bag`rimga bosib,
Beg`uborim deb aytolganimda.
Afsus bular armon, afsus bular armon.

Goh dili vayronman, gohida hayronman,
Senga farqi yo`q sen kim bilan,
Mayli men ko`nikdim, seni sevganlarni
Jazolama sevgisi bilan.

Ko`nikdim sevmaysan, ko`ndim o`ylamaysan,
Tuyg`u sen uchun bir o`yinchoq,
Go`zal yaralgansan, seni sevganlarni
Qiynash uchun yaralgan qo`g`irchoq.

Qaniydi seni ko`rmaganimda,
Ismingni hatto bilmaganimda,
Qaniydi bir tun o`ylamay yotsam,
Unutsam seni uyg`onganimda.

Oh, qaniydi seni sevmaganimda,
Husning ortida o`zga bo`lganida,
Qaniydi seni bag`rimga bosib,
Beg`uborim deb aytolganimda.
Afsus bular armon, afsus bular armon,
Afsus bular armon…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]