Sarvar va Komil - Qizaloq qo`shiq matni
Ishonmasdi sevgiga qizaloq,
U o`ylardi – sevgi dunyoda yo`q,
Sevgi – o`ylab topilgan o`yinchoq,
Sevgi nima bilmasdi qizaloq.
Bir kun bog`ning yonida qizaloq,
Uchratdi u bir yigitni biroq,
Sevib qoldi u yigitni ko`rib,
Yigit esa boqmadi qayrilib.
Sevib qoldi u yigitni,
Ilk marta, birinchi bora. (x2)
Oylar o`tdi, ketidan yillar ham,
Ortda qoldi bolalik damlar ham,
Lekin hamon ko`zlari to`la nam,
Eslar edi qiz yigitni har dam.
Yana qayta o`sha bog` yonida
Ketaverar qizaloq yo`lida.
Nogoh to`sib bir yigit yo`lini,
Izhor qilib so`radi qo`lini.
Qizaloq jim turardi uyalib,
Ikki yuzi olmadek qizarib,
Axir nogoh izhor etgan yigit
Kelib chiqdi o`sha yigit bo`lib.
Sevdi, sevdi yana qizaloq,
Ko`zlar to`la quvonchli ko`z yosh.
Bo`ldi-bo`ldi endi kelinchak,
Sevgan baxti yonida endi.
Sevib qoldi u yigitni,
Ilk marta, birinchi bora.
Yigit ham sevar uni
Qizaloq sevgisidan ko`ra. (x2)