Sarvar va Komil - Sen yig’lama qo`shiq matni

(Version 1)
Sen yig`lama,
Ko`zda yoshing ko`rish uchun kelganim yo`q,
Sen yig`lama,
Yuragingni so`rash uchun kelganim yo`q.
Sen so`zlama
Armonlarga singib bo`lgan orzularni,
Sen yig`lama,
Hali bir kun unutarsan qayg`ularni.

Shunchaki orzular so`ndi,
Shunchaki yuragim ko`ndi,
Nega o`yin qilding sevgim,
Sababi yo`q.
Nahotki sevganing yolg`on,
Nahot endi sevgim armon?
Shunchaki ovuntirganing
Keragi yo`q.

Sen ayblama,
Umidlari so`nib bo`lgan yuragimni,
Sen o`ylama, sen o`ylama,
Endi kimga keragimni.
Sen yig`lama,
Ko`zlarimdan achchiq ko`z yosh kelsa ham,
Sen yig`lama,
Afsuslardan yuraging to`lib ketsa ham.

Shunchaki orzular so`ndi,
Shunchaki yuragim ko`ndi,
Nega o`yin qilding sevgim,
Sababi yo`q.
Nahotki sevganing yolg`on,
Nahot endi sevgim armon?
Shunchaki ovuntirganing
Keragi yo`q. (x2)

Sen yig`lama…

(Version 2)
Sen yig`lama,
Ko`zda yoshing ko`rish uchun kelganim yo`q,
Sen yig`lama,
Yuragingni so`rash uchun kelganim yo`q.
Sen yig`lama,
Ko`zlarimdan achchiq ko`z yosh kelsa ham,
Sen yig`lama,
Afsuslardan yuraging to`lib ketsa ham.

Osmonlarda parvoz aylardi ishqu muhabbat,
Qizig`i yigitning muhabbati chin edi, shubhasiz albat,
Qiz suyanar edi sevgan yigitiga,
Yigit jonin berardi sevgan qiziga.
Baxtli yurishardi, birga bo`lishni orzu qilishardi,
Shu zaylda kunlar o`tdi, oylar o`tdi,
Vaqti kelib qizning otasi bundan xabar topdi
Va ularning orasiga chiziq tortdi.
Qiziga otasi qo`ydi bir shart:
Bu yigitning sevgisin etasan rad,
Men tanlaganga tegasan faqat,
Sababi teng tengi bilan bo`lmog`i shart,
Mening gapim bitta qolmog`i kerak.
Shu onda qizning qalbiga qadaldi pichoq,
Nima qilishini bilmay o`ylardi uzoq,
Tahdid qildi otasi yigitning yo`liga qo`yaman deb tuzoq.
Nima ham qilolardi bechora Layli –
Voz kechdi Majnunidan, otasi tufayli.

Shunchaki orzular so`ndi,
Shunchaki yuragim ko`ndi,
Nega o`yin qilding sevgim,
Sababi yo`q.
Nahotki sevganing yolg`on,
Nahot endi sevgim armon?
Shunchaki ovuntirganing
Keragi yo`q.

Savollarga ko`milib yigit bechora
Sabrsiz ayriliqqa ko`ndi nachora,
Bevafo deb o`ylab ojiz Laylini,
Hech bo`lmasa sababin aytsa maylidi, –
Deya tunu-kunini g`amda o`tkazar.
Shu payt Laylining qo`lini boy yigit tutar,
Hammaning yuzida quvonch, hursand va shodon,
Faqat qizning qalbida qiynalar vijdon.
Ko`pga cho`zilmasdan bu quvonch-shodlik
Qiz uyga qaytdi og`ir qayg`uli.
Bechora Laylini qiliblar ko`p xor,
Bu ishda Laylini ayblamang zinhor.
Balki ota tanlaganida mansab emas baxt,
Balki Layli o`shanda yigitiga aytganida ne sabab,
Agar Majnun ham oxirigacha kurashganida
Barchasi o`zgararmidi, bo`lmasdi bevaqt.
Qalbda qayg`ular bilan Layli yigitin qo`msar,
Majnun ham Laylini so`ngi bor ko`rmoqlik istar.

Sen yig`lama,
Ko`zda yoshing ko`rish uchun kelganim yo`q,
Sen yig`lama,
Yuragingni so`rash uchun kelganim yo`q.
Sen yig`lama,
Ko`zlarimdan achchiq ko`z yosh kelsa ham,
Sen yig`lama,
Afsuslardan yuraging to`lib ketsa ham.

Sen yig`lama…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]