Sarvar va Komil - Seni sevaman qo`shiq matni

Seni birinchi bor ko`rganimda
Ko`zlaringdan nur yog`ilardi go`yo,
Farishta misol beg`ubor jilovlanding ko`z oldimda.
Bu kipriklar, bu lablar,
Hech kimda yo`q tabassum
Meni bir umr o`ziga sehrlab qo`ydi.
Sen esa menga qarab turarding.

Sehrli ko`zlar,
Betakror bu kipriklar,
Yuragim qiynar.
Sening nigohing
Tanam uzra hayajon
Shu on yana uyg`otar.

Bu yellar atring yellaydi,
Bu yo`llar senga chorlaydi,
Qalbim bir so`zni takrorlar:

Seni sevaman bor vujudim bilan,
Seni sevaman, sevaman chin dildan,
Hijrondan tinmasman,
O`zimga sig`masman,
Yolg`izim seni sevaman,
Sevaman.

O`shanda men angladim –
Sen men bir umr qidirgan, orzu qilgan
Ertaklardagi malikamsan.

Vujudim to`zon
Sening bir nigohingdan,
Qarashingdan.
Shirin kulgular,
Bunchalar yoqimlisan,
Beg`uborsan?

Ayt, ayt, nega yana, ayt,
Ko`rganimda seni yuragimda hayajon shu payt?
Sen, sen yana qarab turasan,
Nigohingla meni yuragimga olov solasan.
Nozik qo`lchalaringdan, mayin bu sochlaringdan,
Kulganingda jilovlangan shirin kulgichlarindan,
Naqadar beg`uborimsan, ayt?

Lablaring gulga o`xshaydi,
Vaslingdan oy uyaladi,
Ko`zlarim hech senga to`ymaydi.

Seni sevaman bor vujudim bilan,
Seni sevaman, sevaman chin dildan,
Hijrondan tinmasman,
O`zimga sig`masman,
Yolg`izim seni sevaman.

Seni sevaman, seni sevaman,
Seni sevaman, baribir sevaman,
Sevaman.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]