Sarvar va Komil - Sensiz qo`shiq matni

Bugun men yana keldim,
Senga uzoqdan termulib turibman.
Yoningga borgim kelyapti,
Yana o`sha baxtli damlarimizga qaytgim kelyapti.
Afsus, bunga endi men haqsizman,
Chunki endi biz begonamiz.

Shoshilib-shoshilib yurak sening tomon
G`ururimni sindirdi butkul.
Sog`inib-sog`inib sen ham meni bir bor
Yana yonimga qaytsang bir kun.

Qaniydi qora ko`zlaringga yana takror
To`yib-to`yib qarolsam tinmay.
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning
Yana yoningga qaytsam bir kun.
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning
Yana yoningga qaytsam bir kun.

Qorong`u yulduz, dunyo tor sensiz,
Yashash osonmas, ishon, osonmas.
Qanday, ayt, endi yasharman yolg`iz?
Yuragim ko`nmas, yurak ishonmas.

Ojizman, seni unutish qo`limdan kelmadi.
Ko`p urindim, negadir hamma urinishlarim
Seni sog`inaverish bilan yakunlanaverardi.
Bilasanmi, hozir qanchalar xohlayapman
Seni qaytarishni?
Sen esa, balki, meni unutib bo`lgandirsan,
Axir ayrilganimizga yillar bo`ldi.
Shu onda senga bir gapni aytgim keladi:
Sensizlik osonmas ekan.

Ko`milib-ko`milib yurar dardga yana,
Qayg`ulardan ovunar tinmay.
Umidlarim so`ngan, sevgidan afsun bo`lib,
Yashayapman armonga ko`nmay.

Bilmadim bu yuraksiz taqdir
Seni mendan nega uzoqlarga olib ketar?
Yaqinda his etgan baxtli kunlar o`rniga
Xotiralarni solib ketar?

Qorong`u yulduz, dunyo tor sensiz,
Yashash osonmas, ishon, osonmas.
Qanday, ayt, endi yasharman yolg`iz?
Yuragim ko`nmas, yurak ishonmas. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]