Sarvar va Komil - So’rama qo`shiq matni
Ketaveraman sevgim yo`lidan,
Izlayveraman joy men qalbingdan,
Seni so`rayman, o`zimni izlayman
Men tinmay ko`zingda.
Boraveraman sening ortingdan,
Qanchalar meni sen rad etsang ham.
So`ra jonimni, so`ra borimni, men beray.
Lekin sen
So`rama, seni unutishimni so`rama,
Mening ojiz qalbimni qiynama,
Sensiz yashashga meni undama, urinma.
Izlama,
Mening ketishimchun sabab izlama,
Buni bari bahona!
O`ylama,
Mening ahvolimni sen o`ylama,
So`rama!
Bugun seni yana esga oldim,
Sababi – uchrashuv joyimizdaman.
Bu yerlar hech ham o`zgarmagan,
O`sha-o`sha daraxtlar, o`sha-o`sha soyabonlar,
Faqat sen, sen yo`qsan yonimda.
Aylanaverar tinmay savollar,
Qaylarda qoldi o`sha orzular?
Men ishonmayman, yo`q, men ko`nolmayman
Sensizlik dardiga.
Ko`zlaringda dard, yerga qaraysan,
Xuddi aybingni tan olganday
Mendan ko`zlaringni olib qochasan,
Qarolmaysan, ketishimni so`rayverasan,
So`rayverasan.
Lekin tushunolmaysan, seni qanday tark etay?
Axir seva turib seni, yana qanday unutay,
Unutay, seni men?
So`rama, seni unutishimni so`rama,
Mening ojiz qalbimni qiynama,
Sensiz yashashga meni undama, urinma.
Izlama,
Mening ketishimchun sabab izlama,
Buni bari bahona!
O`ylama,
Mening ahvolimni sen o`ylama,
So`rama!