Sarvar va Komil - Xazon qo`shiq matni
Qayt,
Sen yonimga qayt, mendan uzoqlashma.
Shu payt,
Baxtli kunlarim qayt, yiroqlashma.
Tun,
Yolg`iz zulmat tun dardlarimla mahzun.
Uzun,
Qayg`uli kunlarimdan yo`q mazmun.
Balki endi farqi yo`q,
Sevgidan najot yo`q,
Baxt mendan kechgansan,
Unutib bo`lgansan.
Lek senga farqi yo`q,
Mehring go`yo yiroq,
Tuyg`ularim sarson,
Sensiz umrim xazon.
Dard,
Yana usha dard, betinim hasrat,
Yuragimni qiynar.
Faqat bu yurak ezilar,
Baxtli o`tgan kunlardan go`yo ovunar.
Xazon,
Tuyg`ularim xazon, nega yana azob
Atrofim egallar?
Yig`lar, orzularim yig`lar,
Yuragim senga tinmay shoshilar.
Balki endi farqi yo`q,
Sevgidan najot yo`q,
Baxt mendan kechgansan,
Unutib bo`lgansan.
Lek senga farqi yo`q,
Mehring go`yo yiroq,
Tuyg`ularim sarson,
Sensiz umrim xazon.
Yana xazonlar,
Yana usha kuz yomg`irlar,
Tinmay eslatar,
Seni bu sog`inchli kunlar.
Tomchi ko`z yoshlar,
Usha va`dalar qilar alam.
Balki endi farqi yo`q,
Sevgidan najot yo`q,
Baxt mendan kechgansan,
Unutib bo`lgansan.
Lek senga farqi yo`q,
Mehring go`yo yiroq,
Tuyg`ularim sarson,
Sensiz umrim xazon.