Sarvar va Komil - Yog’adi yomg’ir qo`shiq matni

Mazmunsiz bu kunlar, maqsadsiz orzular,
Yuragimni ezar sendan qolgan dog`lar,
Negadir sen mendan, ojiz bu sevgimdan
Ketgansan sababsiz.

Yog`gan bu yomg`irlar dardlarim yangilar,
Sababi ular tinmay bir seni eslatar,
Sen mendan ketgan kun xayolimda kezar
Eslab yana.

Yog`adi yomg`ir dardlarimni bilgandek,
Yog`adi yomg`ir, sendan ayrilganimga u ham guvohdir,
Balki sen ham hozir meni eslayapsan,
Yig`layapsan.

Yog`ar yomg`ir, go`yo orzularimiz to`kilar birma bir,
Sen ketgan kunda ham esla yog`ardi yomg`ir,
Seni menga, balki meni senga eslatar tinmay yomg`ir,
Yog`ar yomg`ir.

Javobsiz savollar tinmay takrorlanar,
Nega bu sevgimiz sarobga aylanar?
Hatto osmon yig`lar ahvolimga qarab,
Biz nega uchrashdik va ayrildik ne sabab?

Bizlarni shu yomg`ir uchrashtirgandi axir,
Endi uni bizga darddosh qilar taqdir,
Ketma-ket savollar, javobsiz javoblar,
Yuragimni tilkalar yog`gan bu yomg`irlar.

Yog`adi yomg`ir dardlarimni bilgandek,
Yog`adi yomg`ir, sendan ayrilganimga u ham guvohdir,
Balki sen ham hozir meni eslayapsan,
Yig`layapsan.

Yog`ar yomg`ir, go`yo orzularimiz to`kilar birma bir,
Sen ketgan kunda ham esla yog`ardi yomg`ir,
Seni menga, balki meni senga eslatar tinmay yomg`ir,
Yog`ar yomg`ir.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]