Sarvar va Komil - Yurak yig’lar qo`shiq matni
Tomchi-tomchi ko`z yoshlar, yurak birga yig`lar,
Sen rad etgan bu yurak sensizlikdan yig`lar.
Bilsang edi qanchalar alamlarim vujudim ezar.
Yakson bo`lgan g`ururim chetdan menga boqar,
Parchalangan sevgim ham yomg`irlardek oqar.
Balki aybim – sevganim,
Sendan umid kutganim meni yana.
Yurak yig`lar, yig`lar, yomg`irlarga aylanar,
Derazamdan ma`yus oqar biz kutgan orzular.
Yurak yig`lar, yig`lar, yana yomg`irlar yog`ar,
Qani edi dardlarimni yuva olsaydi ular.
Yurak yig`lar, yurak yig`lar… (x2)
Yuragim to`xtab qolganday bo`ldi shu on,
Sen-ku mendan ketarsan, men esa xonavayron.
Qolaman ortingdan qarab, qalbim yaralab,
O`zimga o`zim savol beraman yo`qdir sabab.
Nahotki, sevgidan ko`rganim meni faqat azob?
Sevgi sarob, bo`ldi xarob, orzular endi yiroq.
Ayanchli firoq tinmasdan qalbim tig`lar,
Yuragim yig`lar, nega yurak yig`lar, a?
Yurak yig`lar, yig`lar, (nega yuragim yig`lar?)
Yomg`irlarga aylanar, (yomg`ir yana yog`ar)
Derazamdan ma`yus oqar (qarab oqar)
Biz kutgan orzular. (so`ndi mana orzular)
Yurak yig`lar, yig`lar, (yurak yig`lar)
Yana yomg`irlar yog`ar, (yana mana yog`ar)
Qani edi dardlarimni
Yuva olsaydi ular. (yurak yig`lar)
Yurak yig`lar, yurak yig`lar… (x2)