Sato guruhi - Ko’z tegmasin qo`shiq matni
Yor dudog`in boliga ko`z tegmasin,
 Gul yuz uzra xoliga ko`z tegmasin. (x2)
 Lablaringning oliga ko`z tegmasin,
 Omadu iqboliga ko`z tegmasin. (x2)
Tegmasiney, tegmasin,
 Ko`z tegmasiney.
 Tegmasiney, tegmasiney,
 Ko`z tegmasin.
Husni oy birlan talashur, hoynahoy,
 Senda ko`pmu yoki menda deb chiroy. (x2)
 Buncha ham shakling go`zal, san`atga boy,
 Dilbarim xush holiga ko`z tegmasin. (x2)
Tegmasiney, tegmasin,
 Ko`z tegmasiney.
 Tegmasiney, tegmasiney,
 Ko`z tegmasin.
Ofarin der barcha kunduz qoshiga,
 Tahsin aylab yor o`n sakkiz yoshiga, (x2)
 Ishq eli maftun husn naqqoshigaey,
 Ul pari timsoliga ko`z tegmasin. (x2)
Tegmasiney, tegmasin,
 Ko`z tegmasiney.
 Tegmasiney, tegmasiney,
 Ko`z tegmasin.
Yor dudog`in boliga ko`z tegmasin,
 Gul yuz uzra xoliga ko`z tegmasin.
Ko`z tegmasin,
 Ko`z tegmasin.

