Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Sato guruhi - Yorim jamolini o’ylayman qo`shiq matni

Sato guruhi - Yorim jamolini o’ylayman qo`shiq matni

Kecha-kunduz xayollar surib,
Yorim jamolin o’ylayman. (x2)
Yuragimdin duolar aylab,
Aning kamolin o’ylayman. (x2)

Kecha-kunduz xayollar surib,
Yorim jamolini o’ylayman.

Sumbul soch-u, g’uncha lab o’zi,
Ohu kabi xumordir ko’zi. (x2)
Shaydo qilur aning gul yuzi,
Qop-qora xolini o’ylayman. (x2)

Kecha-kunduz xayollar surib,
Yorim jamolini o’ylayman.
Kecha-kunduz xayollar surib-ey,
Yorim jamolini o’ylayman.

Oq siyna-yu ham sarviqomat,
Boshdin oyog’idir malohat. (x2)
O’shandadir bor latofat,
Ruxsori holini o’ylayman. (x2)

Kecha-kunduz xayollar surib,
Yorim jamolini o’ylayman.
Kecha-kunduz xayollar surib-ey,
Yorim jamolini o’ylayman.

Qora soch-u ham shirin tanin,
Durdonadir tishlarin barin. (x2)
Ham yana shirin kalomin,
Qoshi hilolini o’ylayman. (x2)

Kecha-kunduz xayollar surib,
Yorim jamolini o’ylayman.
Kecha-kunduz xayollar surib-ey,
Yorim jamolini o’ylayman.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]