Sayyora Qoziyeva - Binafsha qo`shiq matni

O`zi go`zal, o`zi go`zal,
Binafshajon, binafsha. {x2}

O`zing bahor gulisan,
Bahor kabi beg`ubor.
Chiroylisan shu qadar,
Ammo juda hokisor.

Bo`ylaringdan aylanay,
Hovlimdagi mehmonim.
Yozga yetmay so`narsan,
Kuzga bormas armonim.

O`zi go`zal, o`zi go`zal gulimsan-ey,
Binafshajon, binafsha.
Dilimga bilsang, yaqin
O`zingsan-ey, binafsha.

O`zi go`zal, o`zi go`zal,
Binafshajon, binafsha.
Dilimga bilsang, yaqin
O`zingsan-ey, binafsha.

Bo`ylaring past bo`lsa-da,
Har bir atring bo`lakcha.
Kuzga yetmay so`lsa-da,
Har bir qadring bo`lakcha.

Qancha bo`lma hokisor,
Ohing yetar falakka.
Shuning uchun yaqinsan
O`zing har bir yurakka.

O`zi go`zal, o`zi go`zal gulimsan-ey,
Binafshajon, binafsha.
Dilimga bilsang, yaqin
O`zingsan-ey, binafsha.

O`zi go`zal, o`zi go`zal,
Binafshajon, binafsha.
Dilimga bilsang, yaqin
O`zingsan-ey, binafsha.

(Binafshajon, binafsha… (x2))

O`zing go`zal gulimsan-u,
Gullar ichra so`limsan-u,
Tilsizgina sirdoshimsan,
Dildoshimsan yolg`izgina.

Qo`shiqdagi ohim kabi
Erkatoysan bog`imdagi,
O`zgacha bir bebaho,
Bog`imdagi tanho gulim. {x2}

O`zi go`zal, o`zi go`zal gulimsan-ey,
Binafshajon, binafsha.
Dilimga bilsang, yaqin
O`zingsan-ey, binafsha.

O`zi go`zal, o`zi go`zal,
Binafshajon, binafsha.
Dilimga bilsang, yaqin
O`zingsan-ey, binafsha. {x2}

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Sayyora Qoziyeva - Binafsha qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Ilhom Farmonov - Binafsha qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:37Скачать
Binafsha - Yomg'ir128 kbps1-05-2015, 14:27Скачать
Binafsha - O'zbekiston Det128 kbps1-05-2015, 14:26Скачать
Binafsha - Oq kabutar128 kbps1-05-2015, 14:26Скачать
Binafsha - Bo'laman128 kbps1-05-2015, 14:26Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.