Serenada ijod guruhi - O’zbekiston qo`shiq matni

Ne buyuk zotlardan
Merosim o`zing,
Dunyoning har lazzatidan
Aziz non-tuzing.

Bag`ringda butun umrim o`tdi,
Borar joyim ham sen.
G`amga qalqon bo`lib asrayman,
Seni ona yurtim men.

Bu dunyoning jannatisan, O`zbekiston,
Baxtimizga har lahza bo`lgin omon.
Bu dunyoning jannatisan, O`zbekiston,
Baxtimizga har lahza bo`lgin omon.

Yurtfurushlardan asrasin Xudo,
O`zga yurtda bo`larlar ado.
Seningdek jannat yakkadir, tanho,
Mening vatanim, O`zbekiston.

So`lim bog`laring uchun sevgaymiz,
Seni biz hech kimga bermaymiz.
Senga faqat tinchlik tilaymiz,
Ona yurtim, O`zbekiston.

Bu dunyoning jannatisan, O`zbekiston,
Baxtimizga har lahza bo`lgin omon.
Bu dunyoning jannatisan, O`zbekiston,
Baxtimizga har lahza bo`lgin omon. (x1+x1)

Bu dunyoning jannatisan, O`zbekiston,
Baxtimizga har lahza bo`lgin omon.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]