Setanho guruhi - Ajdodlar ruhi qo`shiq matni

Dovonlar osha o`zib,
G`animlar kelar to`zib.
Qilichdan o`tib har jon,
Ariqlardan oqdi qon.

Tinch yering bo`ldi vayron,
Yovlarga to`ldi har yon.

Tinchlik bermadi senga
Xalqning ohu-fig`oni,
Qaddingni bukmay bording
Elimning mard o`g`loni.

Kurashding g`anim bilan
Chiqquncha qora joni.
Olishding g`anim bilan
Chiqquncha qora joni.

Bor, begunoh xalqing faryodi,
Azobli go`dak nolasi.
Bor, sen uchun qalqon bo`lguvchi
Zabardast farzandlaring bor.

Bor, ona tuprog`ing bag`rida
Asrlar uzra beg`ubor,
Ajdodlar ruhi madadkor,
Zafar senga bo`ldi yor.

Tomiringdan oqadi
Sadoqat, vafo qoni,
Qalbingdan o`chmas sening
Xo`rlangan ayol dodi.

Adovating bor sening,
Sendan xalqing umidi.

Mangu zulmatga ketar
Ayanch, qayg`uli kunlar,
Batamom o`tmas endi
Biz tomon vaxshiy yovlar.

Tabarruk ona yerim,
Bag`rida yayrar elim. (x2)

Bor, begunoh xalqing faryodi,
Azobli go`dak nolasi.
Bor, sen uchun qalqon bo`lguvchi
Zabardast farzandlaring bor.
Bor, ona tuprog`ing bag`rida
Asrlar uzra beg`ubor,
Ajdodlar ruhi madadkor,
Zafar senga bo`ldi yor. (x2)

Zabardast farzandlaring bor…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]