Setanho guruhi - Ohim qo`shiq matni

Sevgimiz g`unchasin o`tlarga tashlab,
Mendan ketar bo`lding, nedir gunohim?
Eslasam o`zingni yuragim g`ashlab,
Bag`rimni tirnaydi sog`inchim, ohim. (x2)

Ohim, ohim, osmonga yaqin, (ohim, ohim)
Ohim, ohim, nedir gunohim?
Ohim, ohim, xayollarni og`u qilib,
Yetmadi senga. (haa, haa)

Endi seni izlay desam, yo`q yo`lim,
O`zga yor bilan baxtlidirsan shu dam.
Yurak olov bo`ldi, beorom dilim,
Sevgimga javoban berding dard-alam. (x2)

Ohim, ohim, osmonga yaqin, (ohim, ohim)
Ohim, ohim, nedir gunohim?
Ohim, ohim, xayollarni og`u qilib,
Yetmadi senga. (x2) (haa…)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]