Setanho guruhi - Samarqand qo`shiq matni
Samarqand – dunyoning sayqali,
 Samarqand – mangulik haykali.
 Samarqand – dunyoning sayqali,
 Samarqand – mangulik haykali.
Samarqandim manim, tarix beshigim,
 Tebratgan mukarram, ulug` ona sen.
 Mangulikka ochgan nurli eshigim,
 Afrosiyob o`zing, Sug`diyona sen.
Insonga o`zing sen olov shamshirim,
 Elga qalqon bo`lgan budir Samarqand.
 Sohibqiron o`zing, olam taqdirin
 Hal etuvchi buyuk, qodir Samarqand.
Samarqand – dunyoning sayqali,
 Samarqand – mangulik haykali.
 Samarqand – dunyoning sayqali,
 Samarqand – mangulik haykali.
Muhabbat ko`zgusi – Bibixonimsan,
 Ulug`lar ulug`i – Ulug`begimsan.
 Bunyodkor bahodir – Yalangto`shim sen,
 Boburlar so`zidagi mutloq she`rimsan.
Muqaddas, tabarruk, ezgu maskanim,
 Quvonchim, suyanchim, g`urur-orimsan.
 Dunyoga bergusiz hazinam manim,
 Samarqandim – faxru iftixorimsan.
Samarqand – dunyoning sayqali,
 Samarqand – mangulik haykali.
 Samarqand – dunyoning sayqali,
 Samarqand – mangulik haykali.
Qizg`onib termular bir sohir nigoh,
 Kimsan, matlabingni so`yla g`ofil kas.
 Yo`q, Temur ko`zlarin emas bu iloh,
 Temur nigohiga bardosh topilmas.
Samarqand – dunyoning sayqali,
 Samarqand – mangulik haykali.
 Samarqand – dunyoning sayqali,
 Samarqand – mangulik haykali.

