Sevara Nazarkhan - Ko’rgim kelar qo`shiq matni

Umr oqmas bir tekisda tek,
Kimlarnidir hasrat yengadi,
Men topaman irodani lek
Ko`rgim kelar sizni negadir.

Hayot ko`hna, dono muallim,
Sadoqatli do`st bo`lar o`lim.
Garchi sizdan ayrodir yo`lim
Ko`rgim kelar sizni negadir.

Tun, kutaman oydin, yulduzli,
Kun kutaman nurafshon asli,
Hey, dilimni ezdi yolg`izlik,
Ko`rgim kelar sizni negadir.

Goh sevgidan toshgan daryosiz,
Goh mehrga tashna sahrosiz,
Men bilaman siz ham tanhosiz,
Ko`rgim kelar sizni negadir.

Muhabbatda mazmun erur erk,
Bir armonga har kim egadir,
Sizsiz menga barcha yo`llar berk,
Ko`rgim kelar sizni negadir.

Tun, kutaman oydin, yulduzli,
Kun kutaman nurafshon asli,
Ey, dilimni ezdi yolg`izlik,
Ko`rgim kelar sizni negadir.
Negadir…

Tun, kutaman oydin, yulduzli,
Kun kutaman nurafshon asli,
Hey, dilimni ezdi yolg`izlik,
Yolg`izlik, yolg`izlik,
Ko`rgim kelar sizni negadir.

Ko`rgim kelar sizni negadir…

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Sevara Nazarkhan - Ko’rgim kelar qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Ozodbek Nazarbekov - Ko`rgim kelar qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:20Скачать
Go'zal Ahmedova - Ko'rgim kelar128 kbps3-06-2015, 18:20Скачать
Nasiba Abdullayeva - Ko'rgim kelar128 kbps17-05-2015, 23:16Скачать
Sevara Nazarxon - Ko'rgim Kelar (remix)128 kbps19-01-2015, 00:05Скачать
Sevara Nazarxon - Ko'rgim kelar 128 kbps18-01-2015, 22:42Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.