Sevara Nazarkhan - Kunlarim sensiz qo`shiq matni

Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana qancha umr oldinda kutar?
Sevgi bisotida bebaho, tengsiz,
Bir lahzalik visol bizni ovutar.

Yulduz misol yondik, oy kabi to`ldik,
To`le tilab zor-zor qoldi bu qo`llar.
Biz bitta yurakka aylanib bo`ldik,
Ikkiga ajralmay tursaydi yo`llar.

Umr shirin qo`rquv, kechmas behadik,
Sog`inch sovg`a bo`ldi taqdirimizga.
Bizlar birga bo`lish uchun sevmadik –
Shunchaki yoqqandik bir-birimizga.

Ammo g`am chekmoqlik bobida tengsiz
Bu yurak sog`inchni kaftida tutar.
Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana shuncha umr oldinda kutar.

Yulduz misol yondik, oy kabi to`ldik,
Tole tilab zor-zor qoldi bu qo`llar.
Biz bitta yurakka aylanib bo`ldik…

Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana qancha umr oldinda kutar?
Sevgi bisotida bebaho, tengsiz,
Bir lahzalik visol bizni ovutar.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]