Sevara Nazarkhan - Kuygay qo`shiq matni

So`zingning sharpasi tekkanda
Olam bop-bop kuygay, (x2)
Dengizlar, daryolar, hattoki
Ko`llarda, voyay, u bop kuygay,
Ko`llarda, voyay, u bop kuygay. (x2)

Kamondek qoshlaring
Kipriklaringdin o`q otar doim, (x2)
Sening yoding bilan tinmay
Hamma noz-u, voyay, itob kuygay,
Hamma noz-u, voyay, itob kuygay.

Yonib ishqingni qalbim
Kulga aylansa, voyay, ajab ermas,
Ko`zing osmonga tushganda
Lovullab oftob kuygay,
Lovullab oftob kuygay.

Olay toqatni qaydin?
Ko`zlaringga hech qarolmasman,(x2)
Tushubdir uchquni bag`rimga
Go`yoki, voyay, kitob kuygay,
Go`yoki, voyay, kitob kuygay. (x2)

So`zingning sharpasi tekkanda
Olam bop-bop kuygay,
Olam bop-bop kuygay.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]