Sevara Nazarkhan - Meni sev qo`shiq matni

Meni sev, jonginam, bo`lgin vafodor,
Sevayin qalbimdan lol bo`lib maftun.
Meni deb tunlarni o`tkazding bedor,
Dunyoni unutgin meni deb butun.

Meni sev, borligim, borliging bilan,
Sen uchun yer-osmon birday bo`lsinlar.
Izimga, so`zimga zorliging bilan
Sevishni bilmaslar mayli kulsinlar.

Meni sev, azizim, sevgingni guli, (sevgingni guli)
Sabotlar timsoli – tog`lar kul bo`lsin.
Sadoqat parisi poyingda cho`ri,
Muhabbat Xudosi, u ham qul bo`lsin. (qul bo`lsin)

Meni sev, borligim, borliging bilan,
Sen uchun yer-osmon birday bo`lsinlar.
Izimga, so`zimga zorliging bilan
Sevishni bilmaslar mayli kulsinlar. (x3)

Meni sev, jonginam, bo`lgin vafodor…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]