Sevara Nazarkhan - Netay qo`shiq matni

Netay, sog`lar ichra xastadir bu jon,
Sevgisiz umrga qoldi dog` inib.
Tun bo`yi qalbimni qiynadi armon,
Tun bo`yi yig`ladim seni sog`inib.

Qaydadir sargardon bizning baxt,
Seni sevardim-ku, sevgilim, jondan.
Bahorda gullari to`kilgan daraxt,
Yana meni kutsin, ayt, qahratonda.

Dunyoni keng derding – tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir so`zingni eshitguvchi tong,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.

Azizim, faqat sen yosh to`kma sira,
Men-ku shirin darddan nasiba oldim.
Hamon faxrdaman shu hayot ichra –
Seni hayotdan ham ko`proq sevoldim.

Xayolim qaygadir yana shoshildi,
Dilda yal-yal yondi qizil gul bo`lib.
Tun bo`yi uyquga xiyonat qildim,
Tun bo`yi yig`ladim seni sog`inib.

Dunyoni keng derding – tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir so`zingni eshitguvchi tong,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.

Xayolim qaygadir yana shoshildi,
Dilda yal-yal yondi qizil gul bo`lib.
Tun bo`yi uyquga xiyonat qildim,
Tun bo`yi yig`ladim seni sog`inib.

Dunyoni keng derding…
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir so`zingni eshitguvchi tong,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]