Sevara Nazarkhan - Orzuim qo`shiq matni

Ushalgan pok orzuim mening,
Qalbingizga jim ketaman men.
Siz eng yorug` ko`zguyim mening,
Sevgim sizda aks etaman men.

Ko`ngilda ishq, duoda qo`llar,
Buncha so`lim, oydin bu yo`llar?
Rang talashsa chamanda gullar,
Bahor bilan bahs etaman men.

Qaylargadir shoshganingizda,
Sog`inch bo`lar ko`nglimga malham.
Bir lahzaga tark etsangiz ham,
Asrga teng dard yutaman men.

Ming shukur, mehringiz bag`rimda,
Hijron yo`li bizdan narida.
Sog`inchingiz sahnalarida
Bir siz uchun raqs etaman men.

Yog`dularga nahorday to`lib,
Qalbingizda bahorday kulib,
Faqat sizning gulingiz,
Sizning gulingiz bo`lib,
Faqat sizga gul tutaman men.

Asalimiz va qandlarimiz,
Omon bo`ling dilbandlarimiz.
Sizdan aziz farzandlar,
Aziz farzandlarimiz,
Ikkimizga baxt kutaman men.

Tugunlarni yecholmay qolsam,
Daryolarni kecholmay qolsam,
Yoki qushday ucholmay qolsam,
Qanotimsiz, shahdimsiz mening.

Qo`lim dedim qo`llaringizni,
Yo`lim dedim yo`llaringizni,
Alishmasman hech taxtga sizni,
Bebahoyim, taxtimsiz mening.

Siz borsiz – qayg`ular yiroqday,
Manzillar ham yo`llar ham oqday,
Ildiziga sodiq tuproqday,
Bir umrlik ahdimsiz mening.

Muhabbatsiz dunyo ayanchli,
Oilamiz tog`i, tayanchi,
Siz bir umr mening suyanchim,
Hayotimsiz, baxtimsiz mening.

Yog`dularga nahorday to`lib,
Qalbingizda bahorday kulib,
Faqat sizning gulingiz,
Sizning gulingiz bo`lib,
Faqat sizga gul tutaman men.
Asalimiz va qandlarimiz,
Omon bo`ling dilbandlarimiz.
Sizdan aziz farzandlar,
Aziz farzandlarimiz,
Ikkimizga baxt kutaman men. (x2)

Ushalgan pok orzuim mening,
Qalbingizga jim ketaman men.
Siz eng yorug` ko`zguyim mening,
Sevgim sizda aks etaman men.

Ko`ngilda ishq, duoda qo`llar,
Buncha so`lim, oydin bu yo`llar?
Rang talashsa chamanda gullar,
Bahor bilan bahs etaman men.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]