Sevara Nazarkhan - Otajonimsiz qo`shiq matni

Onamday boshimni silagan,
Xudodan baxtimni tlagan,
Bolam deb, shamoldek tinmagan,
Qalbi ziyo otajonimsiz.

Suyadirsiz xuddi o`zimdek,
Kelajagim ko`rar ko`zim deb,
Bulbul qizim, qumri qizim deb,
Mehri daryo otajonimsiz.

Shodligimsiz, suyangan tog`im,
Gullarimni asragan bog`im,
Talpinaman sog`ingan chog`im,
Bag`ri dunyo otajonimsiz.

Chekmasin deb zarra ozor-g`am,
Ayamaysiz mendan jonni ham,
Dardlarimga bo`larsiz malham,
Dardga davo otajonimsiz.

Suyadirsiz xuddi o`zimdek,
Kelajagim ko`rar ko`zim deb,
Bulbul qizim, qumri qizim deb,
Mehri daryo otajonimsiz.

Shodligimsiz, suyangan tog`im,
Gullarimni asragan bog`im,
Talpinaman sog`ingan chog`im,
Bag`ri dunyo otajonimsiz. (x2)

Shodligimsiz…

Talpinaman sog`ingan chog`im,
Bag`ri dunyo otajonimsiz. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]