Sevara Nazarkhan - Ulug’imsan Vatanim qo`shiq matni
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zimga bek, o`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg`izim, yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan.
Sen Xo`jandsan, chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan.
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi, onammi,
Ilig`imsan, Vatanim, o`zingsan.
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim o`zingsan,
Ota desam, qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Kurdistonda,
Boburing – Hindistonda.
Bu qanday yuz qarolig` deb,
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim.
Qizim desang osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Qayliq bo`lib tushgayman.
Padarkushdan pana qilib,
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim.
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi, onammi,
Ilig`imsan, Vatanim, o`zingsan.
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim o`zingsan,
Ota desam, qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, Vatanim. (x2)
Ulug`imsan…