Shahboz va Navro`z - Afsuslarda qo`shiq matni
Bir bor esla,
Qanchalar seni asrardim hech kimga ishonmay.
Bir bor esla,
Seni deb qancha jabr ko`rdim, o`zim o`ylamay.
Lekin bugun
Shu bo`ldi menga bo`lgan javoblaring sevgimga.
Mana bugun
Ketmoqdasan jabrlar qo`shib yana jabrimga.
Hali afsuslarda, qolasan armonlarda,
Baxtli o`tgan kunlardan izlab meni.
Izlarimdan izlaysan, lek meni topolmaysan,
Afsuslarda qo`msaysan qadrimni. (x2)
Ha, bugun menman aybdor,
Ayriliqqa bahona shundoq ham tayyor.
O`ylab tuzgan rejalaring bugun qo`l keldi,
Munosabatimizga bugun nuqta qo`yildi.
Ketasan barcha aybni menga ag`darib,
Kichkina xatoni ko`pirtirib, bo`rttirib.
Sen go`yo oppoq, men esa qora,
Haqiqatni yuzimga ayt, yolg`ondan ko`ra.
O`zga inson kirib keldimi hayotingga?
Oxirgi vaqtlar sezardim qarab ko`zlaringga.
Gumonlarim, afsuski, aslida haqiqat,
Shunchaki ket, tan olib ortingdan tilay baxt.
Asabbuzarliklar, zardalar kerakmas,
Ortiqcha so`z dema, hammasi tugadi, bas.
Qadrim bilarsan bir kun sog`inganingda,
Bir umrga yo`qotib bo`lganingda.
Hali afsuslarda, qolasan armonlarda,
Baxtli o`tgan kunlardan izlab meni.
Izlarimdan izlaysan, lek meni topolmaysan,
Afsuslarda qo`msaysan qadrimni. (x2)