Shahboz va Navro`z - Arzon sevgi qo`shiq matni

Sevgi deganlari birdan yo`q bo`larmu?
Yoki qiymati shuncha arzon bo`larmu?
Sevishganlar bir-biridan tez to`yarmu?
Yor degani shunchalar oson kecharmu? (x2)

Tuni bo`yi bitta savol uxlatmadi tonggacha,
Sabrim yetib bormadi o`ylayverib javobgacha:
Yorim ko`ngli bo`lganmikan oz bo`lsa ham, zarracha?
Yo yolg`onmidi so`zlari, ishondim shu kungacha?

Menga bergan va`dalari bitta-bitta yodimda,
Qay ahvolda bo`lsam bo`larman, degandi, yonimda.
Endi sevgi parchalanib ketmoqda ko`z oldimda,
Ne qilarim bilmay, hech narsa kelmadi qo`limdan.

Sevgi deganlari birdan yo`q bo`larmu?
Yoki qiymati shuncha arzon bo`larmu?
Sevishganlar bir-biridan tez to`yarmu?
Yor degani shunchalar oson kecharmu? (x2)

Kechagina kulib turib yurgan edi mehribon,
Bugun esa zarracha mehr qolmadi men tomon.
Barcha ayb menda bo`lsa, mayli bo`lay men yomon,
Hech bo`lmasa xayrlashib ket, deb qo`yay “bo`l omon”.

Shuncha maktublar yozdim, lek bitta ham yo`q javobi,
Bunchalar og`ir bo`lmasa bevafo yor azobi.
Nur sochar ekanmi yo`llarimga sevgi oftobi?
Yuragimni ezar tinmay savollarning girdobi.

Sevgi deganlari birdan yo`q bo`larmu?
Yoki qiymati shuncha arzon bo`larmu?
Sevishganlar bir-biridan tez to`yarmu?
Yor degani shunchalar oson kecharmu? (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]