Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Shahboz va Navro`z - Aybim seni sevganim qo`shiq matni

Shahboz va Navro`z - Aybim seni sevganim qo`shiq matni

Bir daqiqaga qani endi seni unutolsam,
Qalbim to`ridan qani endi seni o`chirolsam,
Seni unuta olsam.

Lek ilojim yo`q, taqdir aybdormikin, bilmayman,
Ne bo`lganda ham vaqtni orqaga qaytarolmayman,
Aybim yuva olmayman.

Aybim – seni sevganim,
Nahot shuncha jazoga loyiqman?
Bilmay ko`ngil qo`yganim,
Jazoim mana – bugun sensizman,
Bedorlikda yolg`izman. (x2)

Kunlarim o`tar, lekin nimadir umid uyg`otar,
Tasavvurimda go`yo baribir u menga qaytar,
Sevishin yana aytar.

Bularning bari ovunishim uchun oddiy sabab,
Qancha urinmay sog`inaman suratiga qarab,
Qalb etar uni talab.

Tuyg`u nahotki qalbimga olib kirsa qayg`u,
Axir kutganim – faqatgina intilish ezgu.
Sababi bir inson qalbimga joylangan,
Hayotim mazmuniga ham aylanib ulgurgan.

Nahotki, sevib qolish shunchalar ham aybmidi?
Muhabbat deganlari faqatgina dardmidi?
Ne uchun bu dardlar bunchalar uzundan uzun?
Qachongacha kunu tunlarim o`tadi mahzun?

Hali qancha sinovlar kutmoqdadir oldinda,
Qachon uni butkul o`chiraman hayotimdan?
Axir bora-bora tugab bormoqda sabr-toqat,
Unutishimga nahotki topa olmadim matonat?

Kuchli bo`lishim kerak, axir hayotim davom etaverar,
Bu degani emas hammasi tamom.
Baribir sensizlikka ko`nikishim kerak,
Lekin bunga nega qarshilik qiladi yurak?

Aybim – seni sevganim,
Nahot shuncha jazoga loyiqman?
Bilmay ko`ngil qo`yganim,
Jazoim mana – bugun sensizman,
Bedorlikda yolg`izman. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]