Shahboz va Navro`z - Xazon qo`shiq matni

Yana kuz fasli kelib, daraxtlardan xazonlar tokilar,
Xazonlar yerda bo`lsa ham, bizning tuyg`ularga achinar.
Chunki xazonlardan ham battar ahvolga tushdi sevgimiz, {x2}
Armonga aylandi baxtimiz.

Har kuz kelganida bu manzara seni menga eslatar,
Chunki kuzda ayrilgandik va kuzda tanishgandik.
Aytgin endi, kimda ayb, kimda gunoh, kimda ko`p xato?
Bilolmay bo`ldim ado, baxtimizdan bo`ldik-ku judo.

Ayrildik, lekin sababi qorong`u,
Shunchalar oson barbod bo`ldimi go`zal tuyg`u?
Xazonlar ham achinar bizning sevgimizga,
Axir ikkimiz ham jondan ortiq sevardik-ku! (x2)

Ne uchun sevar inson bir kun kelib ayrilsa,
Nega unda ayrilar, qalbdan o`chirolmasa?
Axir jondan aziz inson bir zumga yo`q bo`lsa,
Behalovatlikda yarim ko`ngli hech to`lmasa?

Bularning hech birini also yo`q yechimi,
Tunlarning bedorligi sog`inchimning kuchimi?
Lekin usiz hayotimning quvonchlari ta’timas,
Usiz bir kun yashamoq axir bu o`zimas.

Ovunaman hayotiy yumushlarga xuddi o`zim aldab,
Eslamaganday bo`laman, lek qalbim etar uni talab.
Shunga iqror bo`ldim – o`rning bilinmoqda har bir kunimda,
Go`yo mazmun yoqdir hayotimda.

Bir-birimizga o`rganib borar edik oz vaqt ichida,
Kunlarimda na bir ma’no, na bir ishonch yo`q sog`inchimda.
Ne bo`lganda ham, izlar qoldirib ketdingku hayotimda,
Baxtli kunlar ketmas ko`z oldimdan.

Balki tez orada mani ham unutib yuborarsan,
Yolg`izlikdan bezib, o`zgaga ko`ngil ham qo`yarsan.
Lekin buni bilish men uchun qanchalar azob,
Ayriliq men uchun xuddi bir ayovsiz tuzoq.

Aybdor sen emas, aybdor men emas,
Bitilgan qismatimizga qarshi borib bo`lmas.
Xazonlardan battar ahvolga tushdi sevgimiz,
Shu xazonlar ichida yonib ketdi baxtimiz.

Ayrildik, lekin sababi qorong`u,
Shunchalar oson barbod bo`ldimi go`zal tuyg`u?
Xazonlar ham achinar bizning sevgimizga,
Axir ikkimiz ham jondan ortiq sevardik-ku! (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]