Shahboz va Navro`z - Yomg’ir qo`shiq matni
Sovuq shamol esar, uchirib yana barglarni,
Yomg`ir yog`ar, ustimdan yuvmoqchidek dardlarni.
Roziman, dardlarimni yuvib ketaqol, yomg`ir,
Sezarmisan, ayriliq dardi naqadar og`ir.
Ba’zan nafis, ba’zan istirobga to`lar qalbim,
Bir tan-u bir jon edik, lekin yo`qoldi yarmim.
U ko`p azob beradi, lek sevaman baribir,
Usiz yashab bo`lmaydi, nima qilay, aytgin?
Yomg`ir, yuvib ketgin dardlarimni, yomg`ir,
Bilarmisan ahvolimni og`ir-og`ir, yomg`ir?
Aytgin, yomg`ir, yuvib ketgin dardlarimni, yomg`ir,

Bugun ko`zlaring aslo menga mushtoq emas,
Shirin so`zlaring, afsuski, menga atalmas.
Ayrilganimizga mana bo`libdi bir necha oy,
Yodimda hali hamon o`sha tengsiz chiroy.
Har yomg`ir yog`gan kunda faqat seni eslayman,
Soyabon tagida baxtli onlarim qo`msayman.
Ilk uchrashuvimiz ham bo`lgan edi yomg`irda,
So`ngra kutilmagan ayriliq keldi taqdirdan.
Bermading bardosh taqdirning sinoviga,
Bo`lmading yo`ldosh, malham bo`lib holimga.
To`kadi ko`zyosh osmon, achinib sevgiga,
Kuladi quyosh, lekin o`zgalar baxtiga.
Endi birgamas, soyabonning tagida,
Endi men emas har bir orzu tilagida.
Aqlimga sig`mas, endi o`zganing bag`rida,
Tan olgim kelmas, ishongim kelmas.

Читать также
Комментарии (0)