Shahlo Ahmedova - Yodimda o’zing qo`shiq matni

Tong otadi, kun sensizlikda o`tadi yana,
Bedorman, oh, bu holatimda ne ma`no?
Bormi ma`no umidlarimda, kunlarimda, tunlarimda?
Sen bo`lmasang, bu umrimda netaman?

Fursat o`tib unutiladi der eding menga,
Unutiladi, o`tib ketadi der eding.
Yolg`on ekan sening so`zlaring,
Hali hamon yodimda o`zing,
Bu nigohing, sening vasling yuragimda.

Alamdaman, armondaman jonim,
Qayt, kel, azobdaman, hayot o`tar sensiz jonim.

Kimlar bilan endi yuraging, kimga so`zlaring?
Bedaragim, qayda izlaring, azizim?
Taqdir seni mendan ayirib, yuragimni pora qilib,
Manzilingni ayro qilib xo`rladi.

Fursat o`tib unutiladi der eding menga,
Unutiladi, o`tib ketadi der eding.
Yolg`on ekan sening so`zlaring,
Hali hamon yodimda o`zing,
Bu nigohing, sening vasling yuragimda.

Alamdaman, armondaman jonim,
Qayt, kel, azobdaman, hayot o`tar sensiz jonim.

Qayt, kel, azobdaman, hayot o`tar sensiz jonim,
Azobdaman, hayot o`tar sensiz jonim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]