Shahnoz - Balki qo`shiq matni

Qanday qilib o’ziga ishonmay behudaga,
Nolish mumkin taqdirdan unitib iymonni?
Nega endi mendamas, deb hasaddan ayrimlar
Gunohga botib sanar birovning yutug’ini.

Balki bu oxirgi kundir umringdagi,
Oxirgi bir imkon bo’lishi mumkin har on.
Oxirgi nafas, kimdir ulgurmas,
Oxirgi bugun bo’lishi mumkun savob qilish uchun.

Ey hasadgo’y inson, bilki, har kimda bor armon,
Sen hasad qilganning ham dardlari ichida.
Lekin u sendan farqli – iymoni bor ishonchli,
Bor yutug’i shundaki, u qo’rqadi Ollohdan.

Keyingi bahor balki qaytmasdir,
Balki bu yoz ham oxirgidir,
Balki kelar kuz ham.
Balki bu oxirgi, oxirgi bu qish,
G’animat ekan savob qilish.

Balki bu oxirgi kundir umringdagi,
Oxirgi bir imkon bo’lishi mumkin har on.
Oxirgi nafas, kimdir ulgurmas,
Oxirgi bugun bo’lishi mumkun savob qilish uchun.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]