Shahnoz - Ko’ringin qo`shiq matni

Seni ko`radigan kun kelarmi deb,
Intizor bo`lib kutaman har kuni.
Seni ko`rdim, quvondim, lekin endi
Yana qachon ko`rar ekanman seni.

Ko`zlarim yo`lingda, sen esa menga
Qanchalar azizligingni bilmaysan.
Yagona bu umrimda yagonamsan,
Buni xayolingga ham keltirmaysan.

Ko`ringin, ko`ringin,
Seni ko`rgim kelganda,
Ko`ringin, ko`ringin,
Seni ko`rgim kelganda. (x2)

Taqdirimda bo`lsang, kelasan o`zing,
Kutaman seni nafasim to`xtaguncha.
Yo ushalgan orzuim bo`lasan yo
Bir umr armonim bo`lib qolasan.

Ko`zlarim yo`lingda, sen esa menga
Qanchalar azizligingni bilmaysan.
Yagona bu umrimda yagonamsan,
Buni xayolingga ham keltirmaysan.

Ko`ringin, ko`ringin,
Seni ko`rgim kelganda,
Ko`ringin, ko`ringin,
Seni ko`rgim kelganda. (x2)

Taqdirimda bo`lsang, bo`lmasang ham,
Seni Alloh asrasin.
Seni mendek hech kimning yo`liga
Zor etmasin, asrasin.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]