Shahzod guruhi - Aziz yurtim qo`shiq matni
Bag`ringda o`sdim, do`stlarim bilan,
Armon bilmay.
Yalang oyoqda chopib yurardim,
Hech narsani o`ylamay.
Onajonim aytgan alla kuyida
Jonimga kirgan,
Vatan tuyg`usin men his qilaman,
Senga qarab to`ymay.
Vatan tuyg`usin men his qilaman,
Senga qarab to`ymay.
Ey, aziz yurtim, seni kuylayman,
Har kuni senga baxtni tilayman.
Ey, aziz yurtim, seni kuylayman,
Har kuni senga baxtni tilayman.
Dunyoda ko`pdir go`zal shaharlar,
Go`zal yurtlar.
Men uchun sendan chiroyli joy yo`q,
Ko`rking dilim shod etgay.
Ajdodlarim o`tgan shu yerda yashash
Menga buyuk baxt.
Ko`rib bu kuning, ertang o`ylasam,
Boshim ko`kka yetgay.
Ko`rib bu kuning, ertang o`ylasam,
Boshim ko`kka yetgay.
Ey, aziz yurtim, seni kuylayman,
Har kuni senga baxtni tilayman. (x3)
Читать также
Комментарии (0)