Shahzod guruhi - Bale-bale qo`shiq matni
Jonim, seni ko`rganimda tonaman bejon,
 Qaro ko`zing yonganda lol yeru osmon.
 Majnun etding-ku, yor azizam, endi ne armon,
 Abad yoningda bo`lsam, baxtliman har on.
Balle-balle, balle-balle,
 Sehrlading, jonim olding.
 Kunu tunim bedor etib,
 O`zginangga boylab olding.
Balle-balle, balle-balle,
 Sehrlading, jonim olding.
 Qalbu bag`rim bemor etib,
 O`zginangga boylab olding.
Shirin zabon so`zlaring dardimga davo,
 Bu dunyoda borliging o`zi bir ma`no.
 Majnun etding-ku, yor azizam, endi ne armon,
 Abad yoningda bo`lsam, baxtliman har on.
Balle-balle, balle-balle,
 Sehrlading, jonim olding.
 Kunu tunim bedor etib,
 O`zginangga boylab olding.
 Balle-balle, balle-balle,
 Sehrlading, jonim olding.
 Qalbu bag`rim bemor etib,
 O`zginangga boylab olding. (x1+x2)
Читать также 
				Комментарии (0)
				
