Shahzod guruhi - Ishontir qo`shiq matni

Armonga aylanmay orzularim,
Hijronga belanmay tuyg`ularim,
Sevgidan sovimay qalbim
Meni bu darddan qutqargin.

Achinsang intizor yuragimga,
Achinsang unda bor tilagimga,
Xazonga aylanmay baxtim
Meni bu darddan qutqargin.

Yetar shuncha
Yolg`izlikning tunlarida yana
Bedor yashamoq,
Bir-birimizga yetolmasdan.

Ishontir sen yana meni sevishingga,
Ishontir sen yana qaytib kelishingga,
To so`nggi nafasim berguncha bu dunyo,
Sen meni etma ko`p umidvor.

To`ydim bu ayriliq, alamlardan,
Ozori o`tib, jon-tanimdan ham,
To`ldirib bu yarim bag`rim,
Meni darddan qutqargin.

Eng go`zal navodek kuylarimga,
O`zing sof xavo bo`l yuragimga,
Tugamay mening bor sabrim
Meni bu darddan qutqargin.

Yetar shuncha
Yolg`izlikning tunlarida yana
Bedor yashamoq,
Bir-birimizga yetolmasdan.

Ishontir sen yana meni sevishingga,
Ishontir sen yana qaytib kelishingga,
To so`nggi nafasim berguncha bu dunyo,
Sen meni etma ko`p umidvor. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]