Shahzod guruhi - Muhabbat qo`shiq matni

Balki ohu-zorimdan,
Bu dunyoda borimdan,
Men kutgan bahorimdan
Yaralganmisan muhabbat?
Balki ko`zim nuridan,
Shu qalbim g`ururidan,
Jismu-jon to`ridan
Yaralganmisan?

Balki yetgan ahdimdan,
Kutilmagan baxtimdan,
Cho`kib ketmas shahdimdan
Yaralganmisan muhabbat?
Balki dil xushlarimdan
Yo o`ngim, tushlarimdan,
Oqqan ko`z yoshlarimdan
Yaralganmisan?

Ozoringman muhabbat,
Humoringman to abad,
Bedoringman muhabbat,
Muhabbat. (x2)

Balki ko`nglim sirlaridan,
Bulbullarning tillaridan,
Ishq bahorim gullaridan
Yaralganmisan muhabbat?
Balki hayot yo`llaridan,
Yomg`iru qor, do`llaridan,
Tabiatning qo`llaridan
Yaralganmisan muhabbat?

Ozoringman muhabbat,
Humoringman to abad,
Bedoringman muhabbat,
Muhabbat. (x3)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]