Shahzod guruhi - Onajon qo`shiq matni

Onajon, bugun yuzingga yo`l solmish ajin,
Umringni bag`ishlagansan faqat men uchun.
Og`risam, hatto qorong`u tunlar,
Uxlamay bo`lding menga parvona.
O`tsa ham bolaligim, bedorsan yana.

Onajon, sen borsan yorug` jahon,
Sen uchun ochilgay bog`laru bo`ston.
Onajon, bosgan izlaring jannat,
Dardingni olsam deyman, onajon.

Onajon, bugun yuzingga yo`l solmish ajin,
Umringni bag`ishlagansan faqat men uchun.
Og`risam, hatto qorong`u tunlar,
Uxlamay bo`lding menga parvona.
O`tsa ham bolaligim, bedorsan yana.

Onajon, sen borsan yorug` jahon,
Sen uchun ochilgay bog`laru bo`ston.
Onajon, bosgan izlaring jannat,
Dardingni olsam deyman, onajon.

Mehringni joylar dilimga aytgan har so`zing,
Har ishda madad bo`lgaysan, davlatim o`zing.
Gar ketsam uzoq safarlarga men,
Ochasan qo`lingni duolarga,
Qaytsam, sevinchdan to`lib, ko`zing yoshlarga.

Onajon, sen borsan yorug` jahon,
Sen uchun ochilgay bog`laru bo`ston.
Onajon, bosgan izlaring jannat,
Dardingni olsam deyman, onajon.

Gar ketsam uzoq safarlarga men,
Ochasan qo`lingni duolarga,
Qaytsam, sevinchdan to`lib, ko`zing yoshlarga.

Onajon, sen borsan yorug` jahon,
Sen uchun ochilgay bog`laru bo`ston.
Onajon, bosgan izlaring jannat,
Dardingni olsam deyman, onajon. (x2)

Dardingni olsam deyman, onajon…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]