Shahzod Murodov - Jonim O’zbekistonim qo`shiq matni

Kuyla, deb sozimni tutqazing qo`lga,
Kuylayman qalbimdan, jon-jondan, biling.
Vatanim – bag`ri keng, serquyosh o`lka,
O`zbekiston degan bo`stondan biling.

Bu yurtni shunchaki sevmoqlik kamdir,
Shunchaki taftini sezmoqlik kamdir.
Opamdir, singlimdir, akam, ukamdir,
Barchamiz bir jondan, bir qondan, biling.

Jonim O`zbekistonim, jonim O`zbekistonim,
Jonim O`zbekistonim, jonim O`zbekistonim.

Osoyishta qilgan kunduzu kechin,
Askarlarin ko`ring quvvatin, kuchin.
Tinchliksevar bu el farzandi uchun
Alloh bergan cheksiz imkondan biling.

Yoshi ulug`larga e`zoz, hurmatni,
Insoniylik ramzi – qadru qimmatni,
Mehr-muruvvatni, xayru himmatni
Bilmasangiz, oqil sarbondan biling.

Jonim O`zbekistonim, jonim O`zbekistonim,
Jonim O`zbekistonim, jonim O`zbekistonim.

O`zga el turmushin qilganda orzu,
Biling, har joyda bor toshu tarozi.
Kimki bu so`zlarga bo`lmasa rozi,
Qalbingiz o`rtagan armondan biling.

Boriga ko`nmaslar ko`zlab ko`proqni,
Tanimaslar nahot qora va oqni?
Shu aziz, muqaddas ona tuproqni
Qadrini bog`bondan, dehqondan biling.

Shu yurtda tug`ildim, shodman ko`ngildan,
Roziman o`tkizgan har ondan, biling.
Sevgimni aytaman yurakdan, dildan,
Vatanni sevmoqlik iymondan, biling.

Jonim O`zbekistonim, jonim O`zbekistonim,
Jonim O`zbekistonim, jonim O`zbekistonim. (x2)

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Shahzod Murodov - Jonim O’zbekistonim qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Xo`ja guruhi - O`zbekistonim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:11Скачать
Jamshid Abduazimov - Vatanim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:38Скачать
Shahzod Murodov - Jonim O'zbekistonim (Video klip)128 kbps19-10-2016, 15:30Скачать
Dunyo - O'zbekistonim128 kbps28-08-2015, 04:00Скачать
Shahzod Murodov - Jonim O'zbekistonim | 2015128 kbps1-08-2015, 21:31Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.