Shahzod Murodov - O’shasan qo`shiq matni
Yor hamon, begumon go`zal o`sha-o`shasan,
Bitmagan bu dardimga dardni qo`shasan.
Armonlar girdobi, ayriliqning oftobi,
Rangimda ishq azobisan, o`sha-o`shasan.
Ko`rinding olisda, oppoq libosda,
O`tgan shirin kunlarni qildim xotira.
Alvido deganding mayin ovozda,
Sevgimiz boshlanmay qilding xotima.
Yor hamon, begumon go`zal o`sha-o`shasan,
Bitmagan bu dardimga dardni qo`shasan.
Armonlar girdobi, ayriliqning oftobi,
Rangimda ishq azobisan, o`sha-o`shasan.
Sog`inchlar shahrida, armonlar bag`rida,
Qancha yil visoling qilgandim orzu.
Endi yonginangda, to`rt qadam narida
Turibman so`z uchun topmayin mavzu.
Yor hamon, begumon go`zal o`sha-o`shasan,
Bitmagan bu dardimga dardni qo`shasan.
Armonlar girdobi, ayriliqning oftobi,
Rangimda ishq azobisan, o`sha-o`shasan.
Shunday latofating, shunday nazokating,
Shunday nigohingla aqlim olgansan.
Kechir mani jonim, dildagi armonim,
Netay qalbimdasan, mangu qolgansan.
Yor hamon, begumon go`zal o`sha-o`shasan,
Bitmagan bu dardimga dardni qo`shasan.
Armonlar girdobi, ayriliqning oftobi,
Rangimda ishq azobisan, o`sha-o`shasan.
Yor hamon, begumon go`zal o`sha-o`shasan,
Bitmagan bu dardimga dardni qo`shasan…