Shahzod Murodov - Onam xirom etganda qo`shiq matni
Tanovor yangrab, jo`shib, hammani rom etganda,
Go`zalroq bo`lar qo`shiq, onam xirom etganda. {x2}
Ko`zlari porlab-porlab, hammani bir-bir chorlar, {x2}
Birga kuylab, takrorlar, onam xirom etganda,
Onam xirom etganda.
Yuzlari yonib-yonib, ich-ichidan quvonib, {x2}
Dildan, yurakdan qonib, onam xirom etganda,
Onam xirom etganda.
Har yon ma`noli qarab, bugun bir quvnab, yayrab,
Ro`mollari hilpirab, onam xirom etganda,
Onam xirom etganda.
Bu nozik tamannolar, dil aytar tasannolar, {x2}
Chetda qolar barnolar, onam xirom etganda,
Onam xirom etganda.
Kuy-ohangga munosib, qadamin asta bosib,
Ko`nglini yozib-yozib, onam xirom etganda,
Onam xirom etganda.
Tanovor yangrab, jo`shib, hammani rom etganda,
Go`zalroq bo`lar qo`shiq, onam xirom etganda. {x2}
Onam xirom etganda, onam xirom etganda.